Chiqindi konteyner kerak

Samarqand shahar Beruniy 69 ko‘pqavatli uy oldida chiqindi konteyner qo‘yib beringlar, shamolda chiqindilar har joyga uchmoqda. Afsuski, ko‘p qavatli uylar oldida maxsus chiqindi tashlaydigan joy yo‘q, aholi majburan ko‘chaga tashlamoqda, bu esa badbo‘y hidning tarqalishi va bolalarda turli xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi murojaatda.

Samarqand shahar xokimligi, Samarqand shahar Ekologiya boshqarmasi mazkur muammoga befarq bo‘lmaydi, degan umiddamiz.