2015 yilda Angliyadagi supermarketlarda plastik paket narxi 5 pens turardi, bu mamlakat aholisi bir marta ishlatiladigan paketlardan deyarli butunlay voz kechishi uchun yetarli bo‘ldi.
Bu plastik ifloslanishga qarshi kurashda yordam beradimi? Albatta –ha. Buyuk Britaniya hukumati bunday chora 7 milliarddan ortiq plastik paketlar tabiatni ifloslantirmasligini ta’minlash imkonini berganini hisoblab chiqdi.
2014 yilda Buyuk Britaniyada 7,6 milliard plastik paketlar ishlatilgan, kishi boshiga taxminan – 140 dona. Statistika shuni ko‘rsatadiki, hozir Angliyaning o‘rtacha aholisi yiliga atigi ikkita sumka sotib oladi.
Ayni vaqtda barchamizning oldimizda qiyin vazifa turibdi – sayyoramizda plastik ifloslanishga qarshi kurash, masalan: bir marta ishlatiladigan narsalardan voz kechish, ko‘p marta ishlatiladigan muqobillariga o‘tish va ongli ravishda foydalanish.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo’ling