#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi atrofida mavjud daraxtlarning kamligi to‘g‘risidagi post e’lon qilgan edik.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan ushbu binoga ko‘chib kelganiga qisqa muddat bo‘lganligiga qaramasdan avtoturargoh hamda binoning atroflariga yuzdan ortiq har xil turdagi noyob manzarali daraxt va buta ko‘chatlar, 700dan ortiq gul va manzarali buta ko‘chatlari ekilgan.

Hozirgi kunda yurtimizda davom etayotgan «Obodonlashtirish oyligi» doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini parvarish, sug‘orish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Kuzgi mavsumda ko‘chat ekish ishlari davom etadi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi yurtimizdagi ekologik holatlarga befarq bo‘lmagan vatantoshlarimizga minnatdorlik bildiradi deydi agentlik o‘z munosabatida.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo’ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog’laning