Ekologiya vazirligi tomonidan Toshkentda chiqindilar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan jamoatchilik keng tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida OAV vakillari Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasi, Yunusobod tumanidagi chiqindilarni tashish stansiyasi va Ohangarondagi chiqindi poligoni faoliyati bilan bilan tanishtirib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahridan hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilar Toshkent viloyatida joylashgan Oxangaron poligoniga olib chiqiladi.