Andijon shahridagi anhor chiqindilarga to‘lishni boshlabdi

Kanalimizda “Andijon shahridagi anhor chiqindilarga to‘lishni boshlabdi” sarlavhasi bilan eʼlon qilingan murojaat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tezkor o‘rganish ishlarini olib borilibdi.

Murojaat yuzasidan, Andijon shahar Soy MFY  hududidan oqib o‘tgan Andijon Soy ichidagi chiqindilar Andijon soy irrigatsiya tizimlar boshqarmasi  xodimlari tomonidan tozalangan. Katta rahmat ularga.

Turli xil maishiy chiqindilardan tozalanib, pokiza holga keltirildi. Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan  chiqindilarni maxsus joylarga tashlashga, insonlar mehnatiga befarq bo‘lmaslikka, atrof-muhit ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikga chaqirib qolamiz.