Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani «Zarbdor» mahallasi “9-bo’lim” “A.Navoiy” ko‘chasi 42-uyga oyogidan yaralangan burgut kelib qolganligi, veterinariya xizmatiga muhtoj ekanligi haqidagi xabar bergan edik.

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qiziriq tuman bo’limi  tomonidan o‘rganish ishlari olib borilibdi.

O‘rganishlar davomida Qiziriq tumanining “Zarbdor” mahallasidagi aholi xonadoniga kirib qolgan qush “Burgut” emas, “Sariqsor” yirtqich qushi ekanligi, qushning holati ko’zdan kechirilganda o’ng oyog’ining boldir suyagi, chap qanotining ikki joyidan singanligi  aniqlandi.

“Sariqsor” yirtqich qushi qonuniy to’xtamga kelgunga qadar Termiz Hayvonot bog’iga topshirilibdi. Ushbu qush reabilitatsiya markaziga olinib, veterinarlar nazoratida parvarish qilinmoqda.