Daraxtlarning noqonuniy kesilishiga qarshi faol kurash olib bormoqda.
Uning fikricha, amaldorlar yashil zonalarni ko’paytirish o’rniga, ularni jon-jahti bilan yoqotmoqdalar.
Aleksey Popov — kasbi shifokor, lekin ayni paytda u eko-faollik bilan ovora. Bosh qahramon — Moskvada tug’ilgan. U 1967 yilda otasi xizmatida Toshkentga kelgan. Bir muncha vaqt o’tgach, Aleksey oilasi bilan doimiy ravishda Toshkentga ko’chib o’tdi.
“Men Toshkentga kelganimda yashillik ko‘p edi, quyoshdan yashirinish mumkin, havo salqinida bemalol yurish imkoni bor edi, sug‘orish tizimi yaxshi ishlagan, toza ariqlar ko‘p edi. Issiqni his qilmas edik. Xiyobonlar, istirohat bog‘lari, markazdagi maydon bo‘yi, oddiy ko‘chalar bo‘ladimi, hammayoq yashilga burkangan edi. .
Biz bu yerga ko’chib kelganimizda, Rossiya va Belorussiyadan kelgan odamlar yashaydigan uylarga joylashdik. Shu bois ular hovlilarni ko‘kalamzorlashtirishga harakat qilishardi.
Daraxtlarning tepalari katta edi, shuning uchun turli xil qushlarni ko’rish, eshitish mumkin bo’lgan. Bizdan yuqorida yashaydigan oila butun bir mashina qora tuproq, ko‘chat olib kelib,. birgalikda ekishganini eslayman. Hovlimizda nimlar o’smas edi?! — behi, siren, shaftoli, o’rik…
Ular hammasini saqlab qolishdi. Yaqin atrofda ariqlar ham bor edi, mahalliy aholi butun kanal bo‘ylab butalar va ko‘chatlar o‘tqazishardi…
Ilk to’qnashuv. Ekologik nazorat: O’rmonga ruxsat yo’q!
Aholiga eko-nazorat murojaat qildi. Alekseyning so’zlariga ko’ra, ba’zi mahalliy amaldorlar uchun hovlida kichik yashillik ortiqcha; go’yo ki aholi o’rmon o’stirishadi — mumkin emas.
2020 yilda vayron qilingan daraxtlar soni
UPL 24 maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekistonda 7800 dan ortiq daraxt yoʻq qilingan boʻlib, ulardan 4384 tasi kamyob, qolgan 3428 tasi qimmatbaho daraxt turlariga tegishli.
Bundan tashqari, butalar ham noqonuniy ravishda kesilgan. 2020-yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 3960 ta holat qayd etilgan.
Daraxtlarni noqonuniy kesish uchun qoidabuzarlarga qo‘yilgan jami jarima miqdori 4,5 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 15,3 milliard so‘mni tashkil etib, jarima miqdoridan 3 barobar ko‘pdir.
Nargis Qosimova, «Ekolog.uz» sayti muharriri:“Daraxtlarning kesilishi albatta havoning nafaqat tozaligi. balki haroratga ham ta’sir qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson 24 soat ichida 7200 dan 8600 gacha bo‘lgan daqiqada 5-6 litr havoni nafas bilan yutib, chiqaramiz. Tadqiqotlarga ko‘ra bir kunda bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 22 ta daraxt kerak. Daraxtlarning kesilishi natijasida biz qisqa yoki uzoq muddatli xavf-xatarlarga duchor bo‘lishimiz mumkin. Agar hech narsa qilmasak, Yer o‘pkasiz qolib ketadi.
Bitta daraxt har yili deyarli 22 kg karbonat angidridni o‘zlashtiradi. Xar bir daraxt hayoti davomida 1000 kg atrofida karbonat angidrid gazini yutadi va bir yilda 120 kilogramm kislorod ajratadi.
Mashur «Mahalliy dendropark» — avval va keyin.
Sizga nima ta’sir qildiki, tabiat haqida o’ylay boshladingiz?
Iqlim o’zgarishi bog’lar va qo’riqxonalarda noqonuniy daraxt kesish holati ko’paygani bilan yanada ko’paya bormoqds. Bu esa CO2 chiqindilarining ko’payishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu havo haroratining keskin oshishiga olib keladi.
Yaqinda O‘zbekistonda butun respublika bo‘ylab millionlab ko‘chatlar ekishga qaratilgan “Yashil Makon” milliy loyihasi ishga tushirildi va bunday keng ko‘lamli aksiyalar davomida ekilgan daraxtlarning omon qolishi so‘roq ostida qolmoqda. Afsuski, ko’chatlarning atigi 60% omon qoladi, qolganlari esa tom ma’noda yo’q bo’lib ketadi.
Ikkinchi to’qnashuv. Obodonlashtirish- asosiy buzg’unchi.
Uchinchi to’qnashuv. Tabiatga qarshi buldozerlar bilan…
Ko’rgazma. Hotirlash va qadrlashlari uchun.
Men ularda odamlar hali ham tabiatni qadrlaydigan ajoyib vaqtni ko’rsatmoqchi edim. Buni nafaqat o‘zim, balki shu mahalla ahli uchun ham esdalik sifatida qildim. Bu odamlarni o‘tmishlarini eslab qolishlari uchun ko‘rgazmaga taklif qilib, ularni o’z yashagan yerlarini eslashlarini hohlar edim. Rassomlar va kollej o‘quvchilari bu yerga kelib, bu go‘zal yam-yashil manzarani suratga olishga ishtiyoqmand edilar. Bu ko‘rgazmani tashkil etishimning yana bir sababi, odamlarda go‘zallikka, buyuk bobolarimiz qadrlagan narsalarga sog‘inch tug’usini uyg‘otishdir; kelajak avlod uchun xotira qoldirishga harakat qilishlarini istar edim. Bu vahshiylarcha kesish, ariqlarni, daryolarni vayron qilish davom etmasligini istar edim. Umid qilamanki, hozir 5 yoshga to’lgan bolalar hozirgi amakilar va xolalar kabi vahshiy bo’lmaydilar.
AMALDORLARGA QANDAY MASLAHAT BERAR EDINGIZ?
Ular O‘zbekistonda tug‘ilganlarku, shunday qilish ularga yarashadimi, ahir!?”